VAZIFY
Удаление аккаунта
Документ пока доступен только на узбекском языке.
Bu sahifada Vazify ilovasi (uz.vazify.app)
hisobingizni ilovani o‘rnatmasdan o‘chirishingiz mumkin. Ilovaning o‘zida ham
xuddi shu imkoniyat bor: Profil → Sozlamalar → Hisobni
o‘chirish. Ikkala yo‘l ham bir xil tekshiruv va bir xil o‘chirish
jarayonidan foydalanadi.
1. Nima o‘chiriladi
- hisobingiz va mavjud kirish ma’lumotlari (elektron pochta, parol yoki telefon);
- profilingiz: ism, telefon raqami, profil rasmi va rol;
- ko‘nikmalaringiz va xizmat hududlaringiz;
- aniq manzillar: koordinata, ko‘cha, uy va xonadon raqami, podyezd, qavat, domofon kodi, mo‘ljal va kirish izohlari, shuningdek taxminiy joylashuv;
- qurilmalaringizning bildirishnoma tokenlari;
- sizga kelgan bildirishnomalar;
- vazifa ichidagi yozishmalaringiz va xabarlaringiz;
- siz yuborgan takliflar va narx kelishuvi tarixi;
- siz yozgan baholar va siz haqingizda yozilgan baholar;
- siz yuklagan rasmlar — vazifa rasmlari va profil rasmi — ma’lumotlar bazasidan ham, fayl saqlagichdan ham;
- hech kimga tayinlanmagan vazifalaringiz.
Vazifa ichidagi yozishma ikki tomonga tegishli: ishtirokchilardan biri hisobini o‘chirsa, yozishma ikkala tomon uchun ham o‘chiriladi, jumladan ikkinchi tomon yozgan xabarlar ham.
2. Nima qolishi mumkin
Faqat yakunlangan yoki bekor qilingan ishlar bo‘yicha yozuvlar qoladi, chunki ular ikkinchi tomonning ish tarixi hisoblanadi: kelishilgan narx, ish va hisob-kitob holati, toifa, budjet va sanalar. Bunday vazifaning sarlavhasi “O‘chirilgan hisob vazifasi” deb almashtiriladi, tavsifi va barcha joylashuv ma’lumotlari olib tashlanadi.
Bu yozuvlarda sizning identifikatoringiz, ismingiz, elektron pochtangiz, telefoningiz, manzilingiz yoki yozgan matnlaringiz qolmaydi va biz ularni hisobingizga qaytaradigan hech qanday bog‘lanish saqlamaymiz. Shunga qaramay, ikkinchi tomon siz bilan ishlaganini biladi, summa, toifa va sanalar esa boshqa ma’lumotlar bilan birga sizga tegishli bo‘lib qolishi mumkin, shuning uchun ular to‘liq anonim emas. Bu yozuvlar faqat ikkinchi tomonning hisobi mavjud bo‘lgan davrda saqlanadi; ikkinchi tomon ham hisobini o‘chirganda butunlay o‘chiriladi.
Siz sabab boshqa foydalanuvchilarga ilgari yuborilgan bildirishnomalar ularda qolishi mumkin, lekin hisobingiz o‘chirilganda ularning sarlavhasi va matni umumiy matnga almashtiriladi: ismingiz va vazifa sarlavhasi olib tashlanadi, hisobingizga olib boradigan bog‘lanish (muallif havolasi) uziladi. Bunday bildirishnoma yaratilganidan 90 kun o‘tib, undan oldin esa oluvchining hisobi yoki tegishli vazifa o‘chirilganda o‘chadi.
Shifrlangan zaxira nusxalar ko‘pi bilan 30 kun saqlanadi; shu muddat ichida o‘chirilgan ma’lumotlar zaxira nusxada qoladi. Har bir o‘chirish himoyalangan yozuvda kamida shu muddatcha qayd etiladi va zaxiradan tiklangan tizim qayta ochilishidan oldin qayta qo‘llaniladi.
3. Avval yakunlanishi kerak bo‘lgan ishlar
Hisobingizda jarayondagi, tasdiq kutilayotgan yoki nizoli ish bo‘lsa, o‘chirish rad etiladi va hech narsa o‘chirilmaydi. Avval bu ishlarni Vazify ilovasida yakunlang yoki hal qiling. Tayinlanmagan vazifalar va hali tanlanmagan takliflar o‘chirishga to‘sqinlik qilmaydi — ular o‘chiriladi.
4. Qanday tasdiqlanadi
- elektron pochta hisobi uchun hisobingizga bog‘langan elektron pochtaga bir martalik kod yuboriladi. Bu qadam yangi hisob yaratmaydi;
- kod tasdiqlangach, yakuniy tasdiqni 10 daqiqa ichida berishingiz kerak. Kechiksangiz, yangi kod so‘raladi;
- sahifa elektron pochtangizni, kodni yoki sessiyani brauzerda saqlamaydi. Sahifani yopsangiz yoki bekor qilsangiz, ular tozalanadi.
Telefon orqali ochilgan hisob uchun rasmiy Vazify Telegram boti raqam nazoratini tekshiradi: siz o‘z telefon kontaktingizni botga ixtiyoriy ulashasiz, so‘ng Telegramda kelgan kodni shu sahifaga kiritasiz. Vazify telefon raqamingiz hamda zarur Telegram foydalanuvchi va chat identifikatorlarini autentifikatsiya va hisobni o‘chirish uchun qayta ishlaydi. Telegram tashqi xizmatdir. Vazify boshqa Telegram suhbatlaringiz yoki kontaktlaringizni olmaydi. Vaqtinchalik tekshiruv yozuvlari muddatlari maxfiylik siyosatida ko‘rsatilgan.
5. Ilovaga ham, bu sahifaga ham kira olmasangiz
Hozircha hisobni faqat ilovada yoki shu sahifada, hisob ochilgan Telegram chatiga kelgan kod bilan tasdiqlab o‘chirish mumkin. Telegram hisobingizga kira olmasangiz, hisobni boshqa yo‘l bilan o‘chirish hali mavjud emas. Savollaringiz bo‘lsa, vazifyapp@gmail.com manziliga yozing.
Biz hech qachon parol yoki tasdiqlash kodini so‘ramaymiz. Telegram yoki boshqa kodlarni hech kimga — jumladan bizga ham — yubormang.
6. Texnik yozuvlar va ularning muddati
O‘chirish jarayonining xavfsizligi uchun quyidagi yozuvlar vaqtincha qoladi. Ularda ism, telefon yoki elektron pochta yo‘q; hisob identifikatori xesh ko‘rinishida saqlanadi. Xeshni asl identifikatorsiz ochib bo‘lmaydi, lekin identifikatorni biladigan kishi uni mos keltira oladi, shuning uchun bu yozuvlar ham shaxsga doir ma’lumot hisoblanadi.
- tasdiqlash urinishlari yozuvi — ishlatilgach darhol, aks holda oxirgi urinishdan 24 soat o‘tib o‘chiriladi;
- o‘chirish jarayoni holati (o‘chirish yozuvi) — oxirgi o‘zgarishdan 35 kun o‘tib o‘chiriladi, ya’ni zaxira nusxalarning 30 kunlik muddatidan uzoqroq;
- eski kirish tokenlari bilan yozishni to‘sadigan vaqtinchalik belgi — hisob o‘chirilgandan 4200 soniya (70 daqiqa) o‘tib o‘chiriladi;
- telefon raqamining maxfiy kalitli xeshi — hisob o‘chirilgach shu raqam bilan darhol qayta ro‘yxatdan o‘tishni to‘sadi va 10 daqiqa o‘tib o‘chiriladi.
Начать удаление аккаунта
Прочитайте информацию выше. На следующем шаге вы подтвердите свой аккаунт.
Выберите тип аккаунта
Выберите способ, к которому привязан ваш аккаунт.
Шаг 2. Подтвердите в Telegram
Откройте официальный бот и поделитесь контактом своего телефона — только для процесса, который вы начали сами.
Проверка безопасности
Чтобы продолжить, пройдите короткую проверку безопасности.
Ваш аккаунт удалён
Сервер подтвердил, что удаление завершено. Ваш аккаунт и связанные с ним данные удалены. Сессия на этой странице тоже очищена.
Сначала завершите активные работы
Аккаунт не удалён. У вас есть работа в процессе, ожидающая подтверждения или спорная. Завершите или урегулируйте её в приложении Vazify и попробуйте снова.
Если нужна помощь: vazifyapp@gmail.com.
Слишком много попыток
Аккаунт не удалён. В целях безопасности число попыток ограничено. Попробуйте снова примерно через час.
Результат неизвестен
Запрос отправлен, но точного ответа нет. Аккаунт мог быть удалён, а мог и нет — сейчас мы не можем это подтвердить.
Вы можете отправить удаление ещё раз: повторный запрос безопасен. Или пройдите подтверждение заново. Если аккаунт уже удалён, новый код не придёт и новый аккаунт не будет создан. Помощь: vazifyapp@gmail.com.
6. Yordam
Savollar bo‘yicha: vazifyapp@gmail.com. Ma’lumotlar qanday to‘planishi va saqlanishi haqida maxfiylik siyosatini o‘qing.